Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha:

1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;

2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;

3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga;

4) ushbu Kodeks 372²-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372⁴-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;

5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga;

6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli.