Mulk huquqi bilan bir qatorda xususan quyidagilar ashyoviy huquqlar hisoblanadi:

operativ boshqarish huquqi;

(165-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)

meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi;

yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi;

servitutlar.

Mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi, agar qonunchilikda oʻzga tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu mol-mulkka nisbatan oʻzga ashyoviy huquqlarning bekor boʻlishi uchun asos boʻlmaydi.

(165-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Mulkdor boʻlmagan shaxsning ashyoviy huquqlarining buzilishi ushbu Kodeksning 232-moddasida nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.