Mulk daxlsizdir va qonun bilan qoʻriqlanadi.

Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan oʻzlarini saqlashlaridan iboratdir.

Mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.

(166-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi OʻRQ-801-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)