Agar qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud majburiyatning mohiyatidan yoinki ish muomalasi odatlaridan yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilsa, qarzdor majburiyatni muddatidan ilgari bajarishga haqli, kreditor esa –– ijroni muddatidan ilgari qabul qilishi shart.

(243-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)