Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni boʻlib-boʻlib bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.

(244-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yetarli asoslar mavjud boʻlganida sud qarzdorga majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib bajarish imkonini berishga haqli.