Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir.
Soʻm yozib qoʻyilgan qiymati boʻyicha qabul qilinishi shart boʻlgan qonuniy toʻlov vositasidir.
Toʻlovlar naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.
Hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish hollari, tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi.
(94-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)