Manzil-koloniyalarda:
mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar;
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida oʻtkazilgan voyaga yetgan mahkumlar;
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni oʻtaydi.
(113-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Manzil-koloniyalarga tuzalish yoʻliga oʻtgan va:
(113-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi OʻRQ-817-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)
(113-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar;
(113-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi.
(113-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Manzil-koloniyalarga quyidagilar oʻtkazilmaydi:
oʻta xavfli retsidivistlar;
uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
(113-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
jazoni oʻtash davrida ushbu Kodeksning 112¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazilgan, shuningdek umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga qaytarilgan mahkumlar sud tomonidan bu haqda ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran kamida ikki yil mobaynida;
manzil-koloniyada jazoni oʻtash vaqtida jinoyat sodir etgan va sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlar;
(113-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar.
(113-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
majburiy davolanishdan oʻtayotgan mahkumlar;
mehnatga qobiliyatsiz mahkumlar.
Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin.