Manzil-koloniyalarda mahkumlar:
soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar;
ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan taʼlim taqozo etsa, maʼmuriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin;
fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar;
pul va qimmatli buyumlarni saqlashi, ulardan cheklanmagan miqdorda foydalanishi mumkin;
(114-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
ishdan boʻsh vaqtda cheklanmagan miqdorda telefon orqali soʻzlashishlari, posilka, yoʻqlov va banderollar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin;
(114-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yoʻqlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi.
(114-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda qisqa muddatli uchrashuvlar, yil mobaynida yigirma toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, qoida tariqasida, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. Manzil-koloniya hududida uzoq muddatli uchrashuv oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, uchrashuv mahkumning arizasiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida, ushbu koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oʻtkazilishi mumkin.
(114-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Mahkumlar xonalarga boʻlingan yotoqxonalarda yashaydilar. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga muassasa boshligʻi qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki manzil-koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar ichki tartib qoidalarida belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatdan oʻtish uchun hozir boʻlishlari shart. Manzil-koloniya maʼmuriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
(114-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Manzil-koloniya hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasi toʻrtinchi qismining “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan mahkumlarga berilmaydi.
(114-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)