Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.

Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.

(125-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:

yigirma toʻrt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;

yigirma toʻrt marta telefon orqali soʻzlashuv;

oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov;

oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega.

(125-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)

Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.

(125-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi OʻRQ-625-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son)

(125-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)

Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy taʼminot va boshqa jazo oʻtash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

(125-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)