Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo oʻn toʻrt yoshdan oʻn oltigacha boʻlgan mahkumlarga yetti sutkagacha, oʻn olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi.
(127-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi.
(127-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)