Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

(166-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning maʼmuriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. Mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

(166-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)