Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos boʻladi:
mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini oʻtab boʻlishi;
ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi;
sud hukmining bekor boʻlishi va ish yuritishning tugatilishi;
hukmning kassatsiya tartibida oʻzgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi;
(167-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
mahkumning vafoti.