Mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu haqda zudlik bilan marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali xabar qiladi.

Marhumning jasadi qarindoshlariga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi.

(170-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, muassasa maʼmuriyati marhumni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda dafn etadi.