Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni batamom ajratib qoʻyish va qoʻriqlash, shuningdek ular saqlanadigan va mehnat qiladigan obyektlarni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(64-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)