Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish;
taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish;
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish;
qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
(187¹¹-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish;
(187¹¹-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga harakatlarni bajarish.
(187¹¹-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart.
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida:
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi;
taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirishi;
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(187¹¹-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi;
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi;
(187¹¹-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda toʻldirishi;
(187¹¹-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi;
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini koʻrishi shart.
(187¹¹-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)