Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qoʻllanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan boʻlsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini koʻrsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni notoʻgʻri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan oʻzga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yoʻq qilib yuborishning oqibati boʻlsa, ayblov Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksi
Maxsus qism
IX bo'lim
44 bob. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida va ayblanuvchi t…
363-modda
Tugatilgan ayblovni qayta tiklash
Bazada yangilangan: 22.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish363-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.