Dastlabki tergov:
1) ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan;
2) ayblanuvchining qayerda ekanligi nomaʼlum boʻlgan;
3) ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga kelishini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa;
4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallikka chalingan;
(364-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-1182-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)
5) jinoyat sodir etgan shaxsni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan rozilik berish haqida soʻrov yuborilgan hollarda toʻxtatiladi.
(364-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-1182-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab toʻxtatiladi. Lekin dastlabki tergov toʻxtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yoʻqligida bajarish mumkin boʻlgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi.