Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan qoida qonunga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan alohida tartibga rioya etgan holda qoʻllaniladi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-1182-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)