(133-modda nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
Inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish hamda transplantatsiya qilishning belgilangan shartlarini va (yoki) tartibini buzish, bundan ushbu Kodeksning 115¹, 133¹, 133²-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shuningdek vafot etgan odamning aʼzolarini yoki toʻqimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki taʼlim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) uchun olish, —
(133-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(133-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) shaxs tomonidan oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa.
(133-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(133-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)