Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —

besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(133¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)