Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻrib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, —

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish:

a) takroran sodir etilgan boʻlsa;

b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa;

v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —

muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(241¹-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)