Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki qonuniga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxsni bila turib qonunga xilof ravishda ushlab turish, majburiy keltirish, unga nisbatan tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruv, tergov harakatlarini yoki ularning huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan boshqa har qanday protsessual majburlov choralarini amalga oshirish, shuningdek bunday harakatlar sodir etish toʻgʻrisida buyruq yoki topshiriq berish, —
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
g) dalillarni soxtalashtirgan yoki ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda;
d) qamoqqa olish yoki jinoiy javobgarlikka tortish orqali sodir etilgan boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(230³-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-1182-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)