(276-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olish, tashish yoki joʻnatish, —
(276-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(276-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmishlar:
a) koʻp miqdorda;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 275, 276¹ — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
(276-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(276-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
(276-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)