(271-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda, oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash —
(271-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻsha harakat:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 273 — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
(271-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan;
g) talonchilik yoʻli bilan;
d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilib;
e) tovlamachilik yoʻli bilan;
(271-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “e” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
j) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
v) bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(272-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)