Turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turar joy berish tartibini buzish, uylarga va turar joylarga koʻchib kirishning belgilangan muddatlariga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(157-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)