(17-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1074/0596-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1074/0596-son)
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi boʻlgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.