Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortishga faqat ushbu Kodeksning XXIII³ bobida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.

Immunitetga ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllash mumkin emas.

(16¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-1182-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)