Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, xuddi shuningdek bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) ragʻbatlantirish, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(189²-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 31 oktabrdagi OʻRQ-874-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son)