Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Toʻyxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(192¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son — 2020-yil 19-iyundan kuchga kiradi)