Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni:

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar;

(242-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)

(242-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

3) bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari;

(242-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)

4) ichki ishlar organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor shaxslari) va ushbu Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) koʻrib chiqadilar.

(242-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)