(243-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar oʻzlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni komissiya tarkibi aʼzolarining kamida yarmi mavjud boʻlganda koʻrib chiqishga, ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazolarni oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllashga hamda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir.
(243-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)