Prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan:
1) jinoyat ishlari boʻyicha sud tergov sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV¹ bobida belgilangan tartibda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudiga;
(317-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi OʻRQ-1022-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)
2) boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.
Iqtisodiy sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.
(317-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.
(317-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)