(47¹-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1174-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1174/0920-son)

Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqida atayin notoʻgʻri maʼlumotlar berish —

(47¹-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1174-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1174/0920-son)

mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(47¹-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)