Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni ragʻbatlantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
(47⁸-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 31 oktabrdagi OʻRQ-874-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son)