(142-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)

Saylov komissiyasining, referendum oʻtkazuvchi komissiyaning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay sud tomonidan koʻrib chiqilishi, agar saylovga yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa, darhol koʻrib chiqilishi lozim.

(142-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)

Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning vakilini, shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor boʻlsa, oʻsha shaxsni ham chaqirgan holda koʻrib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.

(142-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)

Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga, referendum oʻtkazuvchi komissiyaga va arizachiga topshiriladi.

(142-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)