Hal qiluv qarori u qonuniy kuchga kirganidan soʻng ijroga qaratiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarga doir hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi lozim.
(167-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)