Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari):
tumanlararo maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan;
hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
(201-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)