Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bogʻliq ishlarni koʻradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo maʼmuriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli.

(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)