Ushbu Kodeks fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etishda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda fuqarolarning va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalarga muvofiq ixtisoslashgan sud tomonidan koʻrib chiqiladi hamda hal etiladi.

(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)

Ushbu Kodeks maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi.