Jamoaviy muzokaralar boshlanishi toʻgʻrisida bildirishnoma olgan ijtimoiy sheriklik tarafi yetti kunlik muddatda tashabbuskorga jamoaviy muzokaralar oʻtkazilishi haqida javob yuborgan holda jamoaviy muzokaralarga kirishishi shart. Agar taraflarning kelishuviga koʻra jamoaviy muzokaralar boshlanishining boshqa sanasi belgilanmagan boʻlsa, jamoaviy muzokaralar oʻtkazish tashabbuskori tomonidan mazkur javob olingan kundan keyingi kun jamoaviy muzokaralar boshlanadigan kun boʻladi.
Mehnat kodeksi
Umumiy qism
II bo'lim
7 bob. Jamoaviy muzokaralar
61-modda
Jamoaviy muzokaralar boshlanadigan sana
Bazada yangilangan: 22.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish61-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.