Jamoa kelishuvi u imzolangan kundan eʼtiboran yoki jamoa kelishuvida belgilangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi hamda ushbu kelishuvda nazarda tutilgan muddat ichida, biroq koʻpi bilan uch yil amal qiladi. Koʻrsatilgan muddat tugagach, jamoa kelishuvi taraflar yangisini tuzguniga yoki amaldagi jamoa kelishuviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritguniga qadar boʻlgan davrda amal qiladi. Jamoa kelishuvining amal qilish muddati tugaguniga qadar taraflar uni uzaytirishi mumkin.
Mehnat kodeksi
Umumiy qism
II bo'lim
9 bob. Jamoa kelishuvlari
91-modda
Jamoa kelishuvlarining kuchga kirishi va amal qilish muddati
Bazada yangilangan: 22.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish91-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.