(199-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1174-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1174/0920-son)
Bolalarni tutingan (foster) oilaga olgan shaxslar oʻz huquqlaridan gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organi bolalarni tutingan (foster) oilaga olgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻzgʻatishga haqli.
(199-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1174-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1174/0920-son)