Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 152-moddasi birinchi qismining ikkinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar mustasno.

Yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tutingan ota-ona boʻlish istagini bildirgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishi kerak.

Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.

(198-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1174-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1174/0920-son)