Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bolaning eng ustun manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasnodir.
(65-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi OʻRQ-1156-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)
Bola oʻz ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, oʻz manfaatlari taʼminlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi boʻlmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan taʼminlanadi.