Bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega.

Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi — otasining ismiga koʻra beriladi.

Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda boʻlganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga koʻra, bolaga otaning ismi, ota yoki ona tomonidan milliy anʼanalarga koʻra boboning ismi boʻyicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona oʻrtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi boʻyicha kelishuv boʻlmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

(69-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-avgustdagi OʻRQ-1164-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1164/0838-son)