Ota-ona va oʻn toʻrt yoshga toʻlgan voyaga yetmagan bolalar oʻrtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin.
Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujudga keltirish toʻgʻrisida kelishuv tuzishlari mumkin.
Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(92-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)