Ota-ona, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda boshqaradilar va tasarruf etadilar.

(94-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)