Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi maʼmuriy-hududiy birliklarni tashkil etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinganidan keyin ikki oy ichida oʻtkaziladi.
Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovi esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida ikki oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(93¹-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan boʻlsa yoki vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikning xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida oʻn besh kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida oʻttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
(93¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi OʻRQ-779-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)