Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan turidan qatʼi nazar yer uchastkasidan:

geodeziya punktlarini, chegara, axborotga doir va boshqa belgilarni joylashtirish;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini servitut shartlarida joylashtirish;

muhandislik hamda geologik qidiruv va tadqiqotlarni amalga oshirish;

binolar va inshootlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan asosiy vositalarni, qurilishga doir hamda boshqa materiallarni bunday qurilish yoki rekonstruksiya qilish davrida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirish;

shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joylashtirish;

yerlarni rekultivatsiya qilishni amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun foydalanilishi mumkin.

(2¹-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)