Agar yoʻqolgan ashyoni olishga haqli boʻlgan shaxs topilma toʻgʻrisida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan eʼtiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organiga, tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga ushbu ashyoga boʻlgan oʻz huquqi toʻgʻrisida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi.
(193-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Basharti, ashyoni topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo davlat mulkiga oʻtadi.